Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“ArMI-2020”: Harbiy-tibbiy estafetada O‘zbekiston peshqadamlik qilyapti

Ayni kunlarda "VI Xalqaro armiya o‘yinlari"ning harbiy-tibbiy estafeta bahslari qizg‘in davom etmoqda.
Xususan, kecha simulyasiya uskunalaridan foydalangan holda o‘rta va kichik tibbiyot xodimlarining professional mahorati sinovdan o‘tkazildi. Unda harbiy soha mutaxassislari tibbiy evakuatsiyaning shartli bosqichida shifokorga qadar ko‘rsatiladigan tibbiy yordam borasidagi ko‘nikmalarini namoyish etdi.

Xalqaro harbiylar bellashuvining navbatdagi sharti natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston jamoasi erkaklar va ayollar o‘rtasidagi bahslarda tengsiz topildi. Ikkinchi o‘rin rossiyaliklarga, uchinchi o‘rin esa Belarus jamoasiga nasib etdi.

Harbiy-tibbiy estafetaning dastlabki ikkita sharti umumiy ko‘rsatkichlari bo‘yicha mezbonlar – 2019 yildagi musobaqa g‘olibi bo‘lgan vakillarimiz peshqadamlik qilmoqda.
Bugun, 27 avgust kuni musobaqa ishtirokchilari to‘siqlar yo‘lakchasidan o‘tish maydonchasida bellashadilar.

Mudofaa vazirligi axborot xizmati