Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Avgust kengashlari onlayn tarzda 5 bosqichda o‘tkaziladi

Xalq ta’limi vazirining 2020 yil 15 iyundagi 144-son buyrug‘i asosida 2020-2021 o‘quv yili avgust kengashlari 5 bosqichda o‘tkaziladi.

Birinchi bosqich Xalq ta’limi vazirligi va respublika ta’lim markazi tomonidan respublika o‘quv-seminarlari shaklida tashkil etilishi belgilangan.

Ikkinchi bosqichda viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan hududiy o‘quv-seminarlari o‘tkaziladi.

Uchinchi bosqich viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tomonidan fan yo‘nalishlari bo‘yicha sho‘’ba yig‘ilishlari, to‘rtinchi bosqich esa tuman va shaharlarda yalpi yig‘ilish tarzida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Beshinchi bosqich esa umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida pedagogik kengashlar shaklida tashkil etiladi.

Avgust kengashlari respublikamizdagi pandemiya sharoitini inobatga olgan holda videokonferensiya shaklida o‘tkazilishi belgilangan.

Samarqand viloyati xalq ta’limi

boshqarmasi axborot xizmati.