Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Avstraliyalik mutaxassislar koronavirusning hujayralarda tarqalishini 48 soat ichida bartaraf etishga qodir vosita ixtiro qildi

Avstraliyaning Monasha universiteti va Melbrundagi Qirollik gospitali mutaxassislari ivermektin vositasi koronavirus infeksiyasining hujayralarda ko‘payishini 48 soat ichida bartaraf etishga qodir ekanligini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda 9 aprel kuni “Sputnik” nashri xabar berdi.

Tadqiqot natijalari Antiviral Research nashrida e’lon qilindi. Ta’kidlanishicha, ushbu vositaning qo‘llanilishi deyarli barcha virus hujayralarini yo‘q qilgan.

Vosita “COVID-19” bilan zaharlangan hujayralarga qo‘llanilganidan so‘ng ikki kundan keyin yuqorida ko‘rsatilgan natijaga erishilgan.

Jumladan, ivermektin vositasining bir martalik qo‘llanilishi 24 soatdan so‘ng virus hujayralarini 93 foizga nobud qilgan, yana bir kecha-kunduzdan so‘ng natija 99 foizga yetgan.

Tadqiqot doirasida vositaning toksikologik xususiyatlari aniqlanmagan.

Mutaxassislar ularning tajribasi kasallanish holatlarida qo‘llanilishi tez orada boshlanishiga umid bildirmoqda.