Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Avtotransport vositalarining bojxona to‘lovlarini bilmoqchimisiz?

Joriy yilning 29 noyabr kuni Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan efirga uzatilgan “Ochiq muloqot” ko‘rsatuvi orqali ham mazkur masala yuzasidan fuqarolar tomonidan bojxonachilarga ko‘plab savollar kelib tushdi.  Biz bugal ana shu savollarga yanada batafsil javob berishni lozim topdik. 

Bojxona kodeksining 289-moddasiga asosan, tovar va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib o‘tishda quyidagi bojxona to‘lovlari to‘lanadi:

- import bojxona boji;

- aksiz solig‘i;

- qo‘shilgan qiymat solig‘i ;

- bojxona yig‘imlari.

  • vositasining bojxona qiymati oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilgan summa yoki narxlar xalqaro katalogi bo‘yicha aniqlanadi.

Avtotransport vositasini bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazishda mazkur avtotransport vositasining texnik pasporti, oldi-sotdi shartnomasi va kelib chiqish sertifikati kerak bo‘ladi.

Quyidagi ayrim davlatlardan keltirilgan yengil avtotransport vositalar uchun bojxona imtiyozlari belgilangan.

Avtotransport vositasi Erkin savdo zonasi to‘g‘risida shartnoma tuzilgan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan, mazkur avtotransport vositasining kelib chiqishi esa ST-1 shaklidagi sertifikati bilan tasdiqlansa, bojxona boji undirilmaydi. Bunda O‘zbekiston bilan Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Ukraina kabi davlatlar o‘rtasida ana shunday shartnoma imzolagan.

Bunday avtotransport vositalar uchun aksiz solig‘i esa, agar avtotransport vositasi ishlab chiqarilgan yili uch yildan oshmagan bo‘lsa, Qozog‘iston, Rossiya va Ukrainada ishlab chiqarilgan avtotransport vositalari uchun bojxona qiymatining 2% ini tashkil etadi.

Boshqa avtotransport vositalariga import va aksiz solig‘i stavkalari dvigatelning texnik tavsiflari va avtotransport vositalarning yangiligiga bog‘liq. Bunda quyidagi jadvallarda farqi yaqqol ko‘rinadi. 1-jadvalda belgilangan import boji stavkalari aks ettirilgan.

Endi esa diqqatingizni 2-jadvalimizga qaratamiz. Unda siz belgilangan aksiz solig‘i stavkalari bilan tanishishingiz mumkin bo‘ladi.  

Eslatib o‘tamiz! Agar Siz boshqa turdagi (yuk mashinasi, traktor, maxsus transport vositalari) avtotransport vositalarini import qilishda belgilangan stavkalar va bojxona to‘lovlari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishni istasangiz O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi www.lex.uz internet sayti orqali quyidagi me’yoriy hujjatlar bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

   - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.09.2017 yildagi “O‘zbekiston Respublikasining tashqi iqtisodiy faoliyatini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–3303-son qarori;

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 29.12.2017 yildagi O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risidagi PQ-3454-son qarori;

- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30.04.1999 yildagi “Bojxona yig‘imlari stavkalari to‘g‘risida”gi 204-son qarori;

- O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1998 yil  8 aprelda 429-raqam bilan ro‘yxatga olingan Erkin savdo tartibini nazarda tutuvchi bitimlar imzolangan erkin savdo zonasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim ishtirokchilari bo‘lgan davlatlar ro‘yxati”;

 - O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 1998 yil 8 aprelda 426-raqam bilan ro‘yxatga olingan  “Eng qulay savdo-sotiq tartibini yaratgan holda savdo-iqtisodiy hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar imzolangan mamlakatlar ro‘yxati”

Hurmatli fuqarolar! Sizlar mazkur yo‘nalish bilan bog‘liq murojaatlaringizga qo‘shimcha ma’lumot olishni istasangiz viloyat bojxona boshqarmasining (66-233-63-00) “Ishonch telefoni” orqali Bojxona to‘lovlari bo‘limiga murojaat etishingiz mumkin. 

 

Islom Abbosov,

Bojxona to‘lovlari bo‘lim boshlig‘i.