Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bahor yaqin, tashqarida ko‘klam nafasi!

Bahor kelganini ko‘chamizga aravachasini g‘ildiratib «Sumalaaak», deb odamlarni chorlagan odam ovozidan  his qilaman. Birdan xayolimga «Nahot bahor yaqinlashgan bo‘lsa», degan fikr yarq etadi. U odam bahor jarchisiday ko‘rinadi ko‘zimga.

Bugun ham shunday bo‘ldi. Sumalak so‘zi bilan hovlimizga bahor kirib kelganday bo‘ldi go‘yo.

Darvoqe, Samarqand viloyat gidrometeorologiya boshqarmasi xodimlari ham shu kunlarda havo harorati bahor nafasiday iliq bo‘lishini aytmoqda. Xususan, ayni paytda viloyatimizda kunduzi havo harorati 9 dan 14 darajagacha iliq ko‘rsatkichni tashkil qilmoqda. Kechasi ham 5 darajagacha iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Gulruh MO‘MINOVA.