Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bankomatlarga pul joylab yuradigan kassir ayol 28 millionni o‘mardi

Vladivostok shahrida joylashgan yirik banklardan birining bankomatlarga pul joylashtirish bo‘yicha mas’ul bo‘lgan kassir 28 million rublni o‘margan.

U o‘zi pul joylaydigan bankomatlarga pul joylashda puldan bir qismini o‘g‘irlab olib qolavergan va buning natijasida bir oyda u 28 million rublni o‘g‘irlab qolgan. Agar bu summani AQSh dollarida hisoblasak 430 ming dollardan oshiqroq mablag‘ bo‘ladi.

Endi uni sud kutmoqda. Bank ayolning qilmishlari oshkor bo‘lganidan keyin zararni undirib berish haqida huquqni himoya qilish organlariga murojaat qilgan. Ular esa ayolning ustidan "Yirik hisobda o‘zgalarning mablag‘larini o‘g‘irlik yo‘li bilan talon-taroj qilish" moddasi bo‘yicha jinoiy ish ochishgan. Agar ayol yetkazilgan zararni to‘lay olmay qamaladigan bo‘lsa, bank ayol tomonidan o‘zlashtirilgan qariyb yarim million dollarga teng mablag‘idan ayriladi.