Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bayrog‘im mening

Senda namoyondir faxru g‘ururim,
Sen tufayli yuksak zavqim sururim,
Sen bilan mustahkam ongim, shuurim,
Zafarlar yo‘lida charog‘im mening,
Muqaddas yalovim – bayrog‘im mening.

Ajdodlarning g‘oziy ruhidan sado,
Avlodlar bosh uzra ko‘tarib shaydo,
Jonin fido etdi Najmiddin Kubro,
Ko‘zim qarochig‘i-qarog‘im mening,
Mo‘’tabar-tabarruk bayrog‘im mening.

Bahsu kurashlarda qudratim bo‘lib,
Jismu jonim ichra jur’atim bo‘lib,
Noyob suvratimu siyratim bo‘lib,
To abad e’tiqod ardog‘im mening,
Porlayver qudratli bayrog‘im mening.

Jahonda ellar ko‘p, e’tiqodlar ko‘p,
Tinimsiz tahlillar, tadqiqotlar ko‘p,
O‘z molin maqtagan tashviqotlar ko‘p,
Zafarlarga chorlar mayog‘im mening,
Sururim, g‘ururim bayrog‘im mening.

Hilpirab turibsan Jomolungmoda,
Endigi safaring arzi samoga,
Nuriy nazm ayladi nash’u namoda,
Qo‘limda bunyodkor yarog‘im mening,
Farovonlik ramzi – bayrog‘im mening.

Nuriddin BOBOQANDOV.