Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ba’zi viloyatlarda maktablarda o‘qituvchilar ishtirokida majlislar o‘tkazilayotgani ma’lum qilindi

O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi ba’zi viloyatlarda mahalliy hokimiyat vakillari maktablarda o‘qituvchilar ishtirokida majlislar o‘tkazayotgani haqida ma’lum qildi.

«Xalq ta’limi vazirligi o‘qituvchilar ishtirokida majlislar o‘tkazish bo‘yicha topshiriq bermagan. Vazirlik viloyat xalq ta’limi boshqarmalariga ortiqcha majlislar va yig‘ilishlar o‘tkazmasligi bo‘yicha topshiriq berdi», deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, vazirlik mahalliy hokimiyat vakillaridan o‘qituvchilarni xizmat majburiyati bilan bog‘liq bo‘lmagan ishlarga jalb qilmasliklarini talab qildi.