Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bir hafta davomida onlayn auksion orqali sotilgan avtomobil raqamlari summasi 2,5 mlrdni tashkil qildi

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,5 mlrd so‘mni tashkil qildi, - deya xabar bermoqda spot.uz.

5 avgustdan 11 avgustgacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 716 ta avtomobil raqamlari sotildi. 

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,5 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 17,5% birinchi toifadagi avtoraqamlarga 50,8% ikkinchi va 31,7% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Shu jumladan birja savdolarining hajmi 618,0 mlrd so‘mdan 681,5 mlrd so‘mga, yoki avvalgi haftadagi natijaga nisbatan 10,3% ga yuqori.

Valyuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning qiymati avvalgi haftaga nisbatan bir necha marotabaga o‘sib, 6 mln dollarni tashkil etdi.