Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Bir o‘lib ko‘raychi” spektakli Qozog‘istonda namoyish etiladi

2018 yil Qozog‘istonda "O‘zbekiston yili" deb e’lon qilingan bo‘lsa, 2019 yil O‘zbekistonda "Qozog‘iston yili" deb e’lon qilindi. Shu munosabat bilan joriy yil 18 aprel kuni Chimkent viloyat O‘zbek drama teatri jamoasi shahrimizda mehmon bo‘lib, “Qashqir uligan tun” spektaklini namoyish etgandi.

 Uchrashuvda delegatsiya a’zolari Samarqandlik hamkasblarini Qozog‘istonga taklif qildi.

Joriy yilning 25 may kuni viloyat musiqali drama teatri jamoasi Chimkentga ijodiy safar uyushtirishni rejalashtirgan. Teatr jamoasi Qozog‘istonda X.Xursandovning “Bir o‘lib ko‘raychi” spektaklini namoyish etadi. Ayni paytda tayyorgarlik jarayonlari boshlab yuborilgan.