Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

BMT xalqaro tribunali: Rossiya ukrainalik dengizchilar va kemalarni ozod qilishi shart

Rossiya, 2018 yil, noyabr oyida Kerch bo‘g‘ozida qo‘lga olgan Ukrainaning uchta kemasi va uning dengizchilarini Ukrainaga qaytarishi shart.

Bu haqda BMT qoshidagi Xalqaro tribunal hukm chiqargan.

Tribunal qaroriga ko‘ra, o‘sha voqea yuzasidan har ikki mamlakat - Rossiya ham, Ukraina ham chuqurlashib ketmasligi kerak va 25 iyungacha har ikki taraf voqea yuzasidan o‘z hisobotlarini tribunalga topshirishi shart.

Eslatib o‘tamiz, 2018 yil, 25 noyabrida Ukraina Harbiy-Dengiz kuchlariga qarashli uchta kema, «Berdyansk» i «Nikopol»,  «Yani Kapu» Kerch bo‘g‘ozi orqali o‘tmoqchi bo‘lganida Rossiya Harbiy-Dengiz kuchlari tomonidan qo‘lga olingan va kemalarda bo‘lgan 24 nafar dengizchini qo‘lga olib qamab qo‘ygan edi. O‘shanda Rossiyaning o‘sha ishini xalqaro hamjamiyat qoralagan va ukrain dengizchilarini ozod qilishni talab qilgan edi. Ammo, Rossiya unday talablarga parvo qilmay kelayotgandi.

Nihoyat, bu ish BMT qoshidagi tribunalda ko‘rib chiqilib tegishli hukm chiqarildi.

Tahlilchilarning fikrlariga ko‘ra, Rossiya tribunal hukmini bajarishga majbur. Aks holda bu mamlakatga BMT tomonidan chora ko‘riladi va u chora katta ehtimol bilan iqtisodiy sanksiyalar joriy qilish bo‘ladi.