Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Boeing” kompaniyasi uchuvchisiz, sun’iy idrok orqali boshqariladigan birinchi harbiy samolyotni taqdim etdi

“Boeing” kompaniyasi Avstraliya harbiy havo kuchlari (HHK) uchun ishlab chiqilgan, dastlabki, uchuvchi yordamisiz sun’iy idrok orqali boshqariladigan harbiy samolyotni taqdim etdi, deb xabar berdi kompaniyaning Avstraliyadagi bo‘linmasi.

“Boeing” rahbarlik qiladigan Avstraliya sanoat guruhi harbiy havo kuchlari uchun ishlab chiqilgan dastlabki uchuvchisiz harakatlanadigan Loyal Wingman uchish apparatini taqdim etdi. Bu voqea kompaniya va hamdo‘stlik uchun tarixiy ahamiyatga ega”, deyilgan xabarda.

Kompaniyaning ta’kidlashicha, sun’iy idrok asosida boshqariladigan samolyot uchuvchi yordamida va uchuvchisiz boshqarish hususiyatiga ega va bunday namunalardan jami uch dona ishlab chiqarish rejalashtirilgan.