Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bog‘cha tarbiyachisi qanday bo‘lishi kerak?

Samarqand shahridagi 112-maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyachilar tomonidan o‘z bilim va ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish orqali ushbu savolga javob izlandi.

Viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi tomonidan tumanlarda o‘zaro tajriba almashish, mahoratli tarbiyachilarni aniqlash, davlat talablarining bajarilishini tahlil qilish maqsadida 3 bosqichli tanlov o‘tkazilmoqda. Tanlovning birinchi bosqichida tarbiyachilar maktabgacha ta’lim tashkilotining o‘zida guruhlararo, ikkinchi bosqichda maktabgacha ta’lim tashkilotlari o‘rtasida hamda uchinchi bosqichda tumanlar o‘z tajribasini namoyish etmoqda.

112-MTTda bo‘lib o‘tgan tanlovning navbatdagi bosqichida Samarqand tumanining 5 nafar tarbiyachilari guruhlarda bolalarga o‘z ta’lim metodlarini qo‘llagan holda mashg‘ulotlar o‘tishdi.

Tarbiyachilar bolalar bilan muloqotga kirisha olish, turli rivojlantiruvchi o‘yin va mashqlardan samarali foydalanish, bolalarning jismoniy, aqliy, mantiqiy, ijtimoiy rivojlanish elementlaridan kelib chiqqan holda turli faoliyatlarga jalb eta olish kabi talablar asosida mashg‘ulotlar olib bordi.

Tahlil  davomida aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha muassasalarda seminarlar o‘tkazilishi belgilab olindi. Aslida tanlovni o‘tkazishdan maqsadimiz ham bolalarga sifatli ta’lim berishda tizimdagi kamchiliklarni aniqlash, bu borada tarbiyachilarga metodik ko‘mak berish, ularni o‘z ustida ishlashga undashdan iborat.

Dilfuza AZIZOVA,

viloyat maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari.