Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bog‘dod aeroportiga hujum uyushtirildi

30 iyul kuni Iroq poytaxti Bog‘dod aeroporti hududiga kamida ikkita raketa kelib quladi. Bu haqda Agence France-Press (AFP) nashri Iroq harbiylari bergan ma’lumotga tayanib xabar berdi.
AFP bergan ma’lumotga ko‘ra, voqea oqibatida hech kim jabr ko‘rmagan. Reuters agentligi bergan xabarda aytilishicha, raketalar turli joylardan uchirilgan.
Hozircha uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni hech kim o‘z buyniga olmadi.