Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bosh prokuratura kanalda oqib ketayotgan ayol aks etgan videoyozuv yuzasidan bayonot berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyati Chortoq tumanidan oqib o‘tuvchi kanalda ayol kishiga mansub shaxs oqib ketganligi tasvirlangan videoyozuvi tarqalgan.

Mazkur holat yuzasidan Chortoq tumani prokuraturasi tomonidan tergovoldi tekshirish harakatlari o‘tkazilmoqda.

Ayolning o‘limi sababini aniqlash bo‘yicha sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

Shaxsini aniqlash bo‘yicha barcha tezkor choralar ko‘rilmoqda.

Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov tekshirish natijalari bo‘yicha batafsil ma’lumot berilishi haqida ma’lum qildi.