Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Boshqarma rahbari Samarqand shahridagi 59-maxsus maktab-internati faoliyatini o‘rgandi

Viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i S.Usmonov Samarqand shahridagi 59-maxsus maktab-internatining yangi o‘quv yiliga hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi bilan tanishdi, deb xabar berdi viloyat xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmati.

Boshqarma boshlig‘i 255 nafar o‘quvchi tahsil olayotgan, 114 nafar pedagog-tarbiyachilarga ega muassasa faoliyatini ko‘zdan kechirar ekan, u yerdagi ta’lim-tarbiya jarayonlaridan mutlaqo qoniqmagani, aniqlangan kamchilik va nuqsonlar bo‘yicha tegishli xulosa chiqarish lozimligini ta’kidladi. Muassasa mas’ullariga sifatli ta’lim-tarbiya berish, tarbiyalanuvchilarga qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha topshiriqlar berdi.