Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Braziliyaga borgan chet el fuqarolari uchun AQShga kirish taqiqlandi

So‘nggi 14 kun ichida Braziliya hududida bo‘lgan chet el fuqarolariga koronavirus tarqalishi xavfi tufayli 27 may sanasidan e’tiboran AQSh hududiga kirish taqiqlandi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

AQSh hududiga kirish 26 may soat 23.59 dan boshlab to‘xtatilishi ma’lum qilindi.
Taqdim etilgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Braziliya ayni vaqtda koronavirus holati qayd etilishi bo‘yicha AQShdan keyingi ikkinchi o‘rinni band etib turibdi. Braziliyada koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlarning umumiy soni 374898 nafarni tashkil etmoqda.