Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Britaniyaliklar yaponlardan Olimpiadani tortib olishmoqchi

Insoniyatning sport va do‘stlik elchisi bo‘lgan o‘yinlari keyingi yillarda dunyo siyosati girdobiga tortilib turli mojarolar mavzusiga aylanmoqda. Jumladan, britaniyaliklar yaponlardan Olimpiadani tortib olish uchun hujum boshladilar, deb xabar beradi “Mir Novostey” (2021 y. 5-son) gazetasi.

Tokioda Yozgi olimpiada koronavirus tarqalishi oqibatida 2020 yildan 2021 yilga ko‘chirilgan edi. Xo‘sh, yirik sport turi o‘tkaziladimi? Negaki, yaponlar musobaqani o‘tkazishga unchalik ishtiyoq bildirishmayotgani haqida mish-mishlar tarqalmoqda.

Olimpiadani hozir o‘tkazish nima uchun yaponlarga qulay emas?

Hammasi juda oddiy. Sport loyihasi allaqachon katta mablag‘ni yamlab yuborgan va yana ko‘proq pulni talab qilyapti. Ammo sport maydonlari tomoshasiz huvillagan holda harajat qanday qoplanadi?

Bu ulkan moliyaviy botqoqqa botishni ko‘pchilik yaponiyaliklar istashmaydi. Buning ustiga Yaponiya bosh vaziri Yosixide Suga Olimpiada shu yil yozda o‘tkaziladi yo yana ko‘chiriladimi, degan savolga aniq javob berishga shoshilmayapti. Turli xalqaro musobaqalarni o‘zida o‘tkazish uchun doimo biror ishkal chiqarishni yaxshi ko‘radigan Buyuk Britaniya esa Yaponiya Olimpiadani o‘tkazish va xavfsizligini ta’minlashni eplolmasligi, musobaqani Londonda o‘tkazish ma’qulligiga Xalqaro Olimpiada qo‘mitasi mutasaddilarini zo‘r berib ishontirishga urinmoqda.

T.Shomurodov tayyorladi.