Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bugun: 21 mart – Navro‘z qadimiy va boqiy bayram

Bugun xalqimizning eng qadimiy milliy bayrami Navro‘z kunidir.
Navro‘z - fors tilidan tarjima qilinganda "yangi kun" ma’nosini anglatadi. Bu kun 21 martda nishonlanadi va yangi yilning boshlanishi hisoblanadi. Ushbu kun kecha bilan kunduzning tenglashgan paytidir.
Mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyin o‘zbek xalqining qadimiy urf-odatlari va an’analari kuchga kirdi, jumladan Navro‘z bayramini nishonlash o‘ziga xos tusga ega bo‘ldi. Bu bayram barcha xalqlarning do‘stlik va birlik ramziga ega bo‘lgan umumxalq bayramidir.
Siz, yurtdoshlarimiz va mushtariylarimizni ulug‘ ayyom - Navro‘z bayrami bilan tabriklaymiz.