Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi Iroq futbolchilariga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi ayni kunlarda Iordaniyada o‘quv mashg‘uloti yig‘inlarini o‘tkazmoqda.

Bugun jamoamiz Iroqqa qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

O‘yin Iordaniyaning Amman shahridagi “Qirol Abdulla II” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:00da boshlanadi va “Sport” kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.

Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati saralash bosqichining dastlabki turida vakillarimiz safarda Falastinga 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.