Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand shahrida "Yoshlar sayli" bayram tadbiri bo‘lib o‘tadi

Bugun soat 19.00 dan boshlab Samarqand shahridagi "Mo‘’jiza" amfiteatrida 30 iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan "Yoshlar sayli" tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

Ushbu tadbirlar doirasida viloyatimizdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va iste’dodi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lib kelayotgan yoshlarga "Mard o‘g‘lon" davlat mukofoti topshiriladi. Yoshlarning ijodiy namunalari, ixtirolari, hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

Gala-konsert dasturida esa poytaxtlik va samarqandlik taniqli san’atkorlar ishtirok etadi.

Saytimizni kuzatib boring, bu haqda batafsil ma’lumot beramiz.