Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bugun tug‘ilgan kun

Publitsist, yozuvchi va jurnalist Nusrat Rahmat 1941 yilning 3 iyul kuni Samarqand tumanidagi Qo‘shmachit qishlog‘ida tug‘ilgan.

Ilk ish faoliyatini 1960 yillar boshida “Lenin yo‘li” (hozirgi “Zarafshon”) gazetasida boshlagan. Keyinchalik “Qishloq haqiqati” gazetasining Samarqand, Buxoro viloyatlari bo‘yicha muxbiri bo‘lib ishlagan.

Nusrat Rahmat “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida ishlagan vaqtlarida ko‘proq badiiy ijod bilan shug‘ullandi va qator kichik-kichik hikoyalar yozdi. 1975 yilda O‘zbekiston tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasida xizmat qilgan paytlarida “Agar tabiatni sevsangiz” degan ilk kitobchasi nashr etildi. Keyin “Chanqovuz”, “Olis-olis so‘qmoqlar”, “Dasht”, “Zamondosh o‘ylari”, “Seleksiya mo‘’jizasi”, “So‘qmoqlar va saboqlar” singari yigirmadan ortiq hikoya va ocherklardan iborat kitob va kitobchalari bosildi.

“Taqdimot” she’rlari, “Fojia” deb nomlangan hikoyalar to‘plami, shuningdek, “Men muxbirman”, “Men redaksiyadanman”, “Eng ashaddiy kallakesar“, “Asqad Muxtor dedilar”, “Jadid” singari kitoblari kitobxonlar e’tiboriga havola qilindi.

Nusrat Rahmat 2004 yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan jurnalist” unvonini olgan.