Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bugun yurtimizda “Covid-19”dan 1 098 nafar bemor tuzalib, sog‘ayganlar soni 24 mingdan oshdi

Bugun mamlakatimizning 10 ta hududida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan bemorlardan 1 098 nafari sog‘aydi.

Jumladan, bemorlarning 781 nafari Toshkent shahrida, 205 nafari Toshkent viloyatida, 35 nafari Samarqand viloyatida, 18 nafari Qashqadaryo viloyatida, 17 nafari Andijon viloyatida, 10 nafardan Buxoro, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida, 9 nafari Xorazm viloyatida, 3 nafari Farg‘ona viloyatida kasallikdan forig‘ bo‘ldi.

Shunday qilib, yurtimizda 24 090 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzalib, sog‘ayish ko‘rsatkichi 75 foizni tashkil qilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.