Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bugundan ayrim mahalliy yo‘nalishlarda poyezdlar harakati tiklandi

Bugun soat 07:00 da “Toshkent – Navoiy – Buxoro” yo‘nalishida №762-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezd “Toshkent-Markaziy” temir yo‘l vokzalidan jo‘nab ketdi. Soat 16:28 dan “Buxoro – Navoiy – Toshkent” yo‘nalishida №761-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezd Toshkentga qaytadi.

Shuningdek, soat 08:00 da “Toshkent – Qarshi” yo‘nalishida №760-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezd “Toshkent-Markaziy” temir yo‘l vokzalidan jo‘nadi va shu kuni soat 17:58 dan “Qarshi – Toshkent” yo‘nalishida №759-sonli “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezd Toshkentga qaytadi.

Soat 08:05 da esa “Toshkent-Janubiy” vokzalidan “Toshkent – Andijon” yo‘nalishida № 60-sonli poyezd jo‘nab, shu kuni soat 15:33 dan “Andijon – Toshkent” yo‘nalishida № 59-sonli tezyurar yo‘lovchi poyezd Toshkentga kirib keladi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.