Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bugundan boshlab Rossiyadagi chet ellik talabalar patentsiz ishlashi mumkin

Rossiya Federatsiyasi hududidagi kasbiy ta’lim muassasalari va oliy o‘quv yurtlarining kunduzgi ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni ish bilan ta’minlash tartibini soddalashtiruvchi qonun Rossiya Federatsiyasi Prezidenti tomonidan 2020 yil 2 fevralda imzolangan edi.

Mazkur hujjatga muvofiq, 2020 yil 5 avgustdan boshlab Rossiyada tahsil olayotgan chet elliklar patent va ishlashga ruxsatnoma olmasdan ishlashi mumkin, deya ma’lum qildi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot xizmati.

Ilgari chet ellik talabalar ishlashga ruxsatnoma va patent olmasdan faqat o‘zlari ta’lim olayotgan universitetlarda, oliy o‘quv yurtlari tomonidan ta’sis etilgan tashkilotlarda ishlashi mumkin edi.

Eslatib o‘tamiz, chet ellik talaba o‘qishni tugatgan yoki o‘qishni to‘xtatgan taqdirda, ishlashni to‘xtatish va mehnat shartnomasi yoki ishlarni bajarish/xizmatlarni ko‘rsatish shartnomasini bekor qilish kerak.