Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Bugundan Samarqand viloyatdagi yana 95 ta maktabda an’anaviy darslar boshlandi

Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari, tibbiyot birlashmalarining xulosalari hamda xalq deputatlari tuman Kengashlarining tegishli qarorlariga ko‘ra, bugun, 16 sentyabrdan viloyatdagi yana 95 ta maktabda an’anaviy tarzda darslar boshlandi.

  1. Kattaqo‘rg‘on shahridagi 16-, 17-, 18-maktablar.
  2. Bulung‘ur tumanidagi 5-, 19-, 26-, 42-, 61-maktablar.
  3. Ishtixon tumanidagi 17-, 18-, 20-, 21-, 24-, 31-, 32- va 42-maktablar.
  4. Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 12-, 15-, 16-, 21-, 22-, 32-, 34-, 38-, 39-, 47-, 48-, 54-, 55-, 63-, 64-, 66-, 67-, 70-, 73-, 79-, 84-, 100-, 105-maktablar.
  5. Narpay tumanidagi 26-, 27-, 29-maktablar.
  6. Qo‘shrabot tumanidagi 2-, 22-, 33-, 38-, 43-maktablar.
  7. Past Darg‘om tumanidagi 2-, 3-, 6-, 12-, 14-, 22-, 27-, 30-, 32-, 35-, 40-, 43-, 61-, 68-, 69-, 72-, 75-, 76-maktab va 1-IDUMI.
  8. Paxtachi tumanidagi 8-, 27-maktablar.
  9. Samarqand tumanidagi 17-, 23-, 27-, 37-maktablar.
  10. Nurobod tumanidagi 7-, 8-, 9-, 12-, 13-, 14-, 16-, 17-, 18-, 60-, 61-maktablar.
  11. Jomboy tumanidagi 1-, 7-, 19-, 24-, 28-, 56-maktablar.
  12. Payariq tumanidagi 26-, 28-, 38-, 39-, 40-, 48-maktablar.

Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, yangi o‘quv yili boshlangan 14 sentyabrdan buyon bugungi kungacha viloyatdagi 159 ta maktabda an’anaviy ta’lim-tarbiya jarayonlari boshlandi.