Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Butunjahon sayyohlik shaharlari federatsiyasining 2021 yilgi sammiti Samarqandda o‘tkazilishi mumkin

Samarqand shahri mazkur sammitda mehmon sifatida ishtirok etdi va federatsiyaga a’zolik masalasi ko‘rib chiqildi.

Samarqand viloyati hokimining turizmni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.Nurullayev shaharning sayyohlik salohiyati, sohani rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berdi. B.Nurullayev o‘z taqdimoti yakunida WTCFning 2021 yilgi sammitini Samarqand shahrida o‘tkazish taklifini bildirdi.

Federatsiya sammiti har yili o‘tkazilsa-da ikki yilda bir marta Xitoy shaharlari mezbonlik qiladi. 2019 yilgi sammitni Xelsinki shahrida, 2020 yilda esa yana Xitoyda tashkil etish rejalashtirilgan.