Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Buyuk Britaniya BMT Xavfsizlik Kengashini emlash davrida sulh qarori qabul qilishga chaqirmoqda

Buyuk Britaniya BMT Xavfsizlik Kengashini mojarolarga aloqador mamlakatlar "COVID-19" ga qarshi emlashga to‘sqinlik qilmasligi maqsadida o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyusiya qabul qilishga chaqirdi. Bu haqda OAV xabar berdi.

"Bizda kurashish uchun axloqiy burch va ushbu virusni yengishda birlashishga strategik ehtiyoj bor", dedi Xavfsizlik kengashining 17 fevral kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda Raab o‘z bayonotida.

Unda Yaman, Janubiy Sudan, Somali va Efiopiya kabi beqaror va ziddiyatli hududlarda yashovchi 160 milliondan ortiq odam duch keladigan tahlika muhokama qilindi.

Raab, shuningdek, BMT a’zolarini vaksinalardan adolatli foydalanishni ta’minlash uchun birlashishga chaqirib, virusning yangi turlari odamlar emlanmagan hududlarda tarqalishi va dunyoning qolgan qismiga yangi infeksiya to‘lqini bilan tahdid qilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.