Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Cobalt” yuk mashinasiga kelib urildi, uch kishi hayotdan ko‘z yumdi

Buxoroda uch kishi ayanchli yo‘l-transport hodisasi qurboni bo‘ldi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qilmoqda.

Hodisa 1 iyul kuni Peshku tumani hududidan o‘tuvchi A-380 yo‘lining “Xorazm-Buxoro” yo‘nalishida sodir bo‘lgan. 21 yoshli “Cobalt” haydovchisi oldinda harakatlanib borayotgan 52 yoshli Yu.Sh.ning boshqaruvida bo‘lgan “Mercedes-Benz 1841 LS” yuk avtomashinasining orqa qismiga borib urilgan.
Oqibatda “Cobalt” haydovchisi H.S. va yo‘lovchi sifatida ketayotgan 22 yoshli S.Y. hamda 50 yoshli P.N.lar hodisa joyda vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.