Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Dam olish kunlari harorat pasayib, tog‘oldi hududlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi

«O‘zgidromet» xabariga ko‘ra, ertaga respublikamiz hududida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat shimoliy tumanlarda, shuningdek, tog‘li va tog‘oldi hududlarda qisqa muddatli momoqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Ko‘pchilik viloyatlarda harorat biroz pasayadi va kechasi 20-25, kunduzi 33-38 daraja bo‘ladi.

Bugun va ertaga respublika bo‘yicha ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin.

Yakshanba kuni tog‘li va tog‘oldi hududlarda qisqa muddatli lokal (mahalliy) yomg‘irlar yog‘ishi ehtimoli saqlanib turadi. Mamlakatimizning tekislik hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechasi 20-25 daraja, kunduzi 33-38 daraja atrofida saqlanib turadi, bu oyning shu davri uchun xos bo‘lgan iqlimiy me’yorlarga yaqindir.