Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Damas” rusumli transport vositasida yong‘in chiqdi

Bugun, 20 aprel kuni soat 17:15 lar atrofida haydovchi M.Z. o‘ziga tegishli bo‘lgan “Damas” rusumli 10 U 544 RA davlat raqam belgili transport vositasini Toshkent shahar, Chilonzor tumani hududida, “Novza” masjidi atrofida boshqarib ketayotgan vaqtida avtomashina texnik buzilgan va yo‘l chetida to‘xtagan.

Haydovchi transport vositasini qayta yurgizgan vaqtda avtomashinaning dvigatel qismidan yong‘in chiqqan.

Hodisa joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan va yong‘in bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q. “Damas” rusumli transport vositasining ayrim qismlari yonib ketgan.

Ayni vaqtda yong‘in sodir bo‘lishi sabablariga aniqlik kiritilmoqda, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati.