Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"Damas" va "Moskvich" to‘qnashuvida bir kishi halok bo‘ldi

Joriy yilning 8 fevral kuni soat 00:20 larda Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumanida yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi Urganch tumanida yashagan, 1957 yilda tug‘ilgan A.Ya. “Damas” rusumli transport vositasida kelayotib, boshqaruvni yo‘qotgan holda qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib, ro‘parasidan kelayotgan Xiva tumanida yashovchi, 1984 yilda tug‘ilgan Sh.M. boshqaruvidagi “Moskvich-412” rusumli avtomobil bilan to‘qnashuv sodir etgan.

Oqibatda “Damas” avtomobili haydovchisi A.Ya. tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

“Moskvich-412” rusumli transport vositasi yo‘lochisi - Xiva tumanida yashovchi, 1989 yilda tug‘ilgan F.N. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

"Hurmatli yo‘l harakati ishtirokchilari, yo‘llarda harakatlanayotganda yo‘l harakati qoidalariga amal qilib, belgilangan tezlik talablari, yo‘l belgilari va svetofor ishoralariga rioya qilishlaringizni so‘raymiz. Shundagina ko‘zlagan manzilingizga, oilangiz bag‘riga eson-omon yetib olasiz", deya ogohlantirgan IIV YHXBB.