Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Daryodan noqonuniy tarzda tosh olganlar jarimaga tortildi

Samarqand viloyatida suv ob’yektlarini muhofaza qilishga oid huquqiy-me’yoriy hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar, yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlari asosida viloyat ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi nazorat inspeksiyasi tomonidan zarur chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.

Jumladan, joriy yilning birinchi choragida o‘tkazilgan reyd tadbirlari hamda murojaatlarni o‘rganish davomida 22 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning daryolarning o‘zanlarini tozalashga va qirg‘oqlarini mustahkamlashga doir ishlarni amalga oshirish tartibini buzish bilan bog‘liq (70-moddasi va 70-1-qismi bilan) moddasi asosida, javobgarlarga 62 million  663 ming so‘m jarima solindi.

Shu paytgacha 18 nafar huquqbuzardan 43 million 47 ming so‘m jarima undirilgan bo‘lsa, 4 ta ma’muriy ish yuzasidan to‘plangan hujjatlar jarimalarini (18 million  63 ming so‘m) majburiy tartibda undirish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosiga yuborilgan.

 

Samarqand viloyati ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi axborot xizmati.