Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Dehqonobodda bir kunda 4 fasl havosi kuzatildi

Dehqonobodda joriy yilning 1 aprel kuni to‘rt fasl havosi kuzatilgan. Bu haqda tuman xalq ta’limi bo‘limi mudiri O‘ktam Toshboyev so‘zlab berdi.

Ta’kidlanishicha, tumanning tog‘li Oybek va Duob qishloqlarida 1 aprel kuni qalin qor yoqqan.

“1 aprel kuni tumanimizning bir tomonida qor yoqqan bo‘lsa, yana bir tomonida yomg‘ir, bir tomonida esa bulutli havo va yana bir chekkasida bahordan darak bo‘lgan tog‘ lolasini ko‘rdim”, - deydi O‘ktam Toshboyev. — Dehqonobod tumanida bir vaqtning o‘zida to‘rt faslni kuzatish mumkin. Demakki, O‘zbekistonimiz jannatmonand diyor!

O‘ktam Toshboyevning yozishicha, hududda 11 ta maktab joylashgan.