Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Deputat diplomat bo‘lishi kerak

Bu xalq deputatlari viloyat Kengashiga Kattaqo‘rg‘on tumanidan saylangan deputat Zaynab Berdiyevaning xulosasi.

- Ayrim hollarda saylovchilar huzuriga borishga jur’at qilolmayotgan deputatlarni uchratib qolaman, - deydi Z.Berdiyeva. - Negaki, qay maqsadda odamlar orasida bo‘lmang, baribir bitta muammoli masala ko‘tariladi. Bu esa izlanishni, masalani tegishli mas’ullarga yetkazishni taqozo qiladi.

Albatta, odamlarni qiynayotgan vaziyatdan chiqarish vazifamiz ekan, uni hal qilishda mutasaddilarga to‘g‘ri tushuntira bilish katta ahamiyatga ega.

Deputat yaqinda bu fikrini amalda ham isbotladi. Gap shundaki, muloqotlar chog‘ida Payshanba shaharchasi Ulug‘bek mahallasida yashovchi Dilfuza Yuldosheva kasal farzandini davolatishda amaliy yordam so‘radi. Nodiraning kasallik tarixi o‘rganilganda, onkologik xastalik uning oromini o‘g‘irlagani ma’lum bo‘ldi.

Tezkorlik muhimligidan kelib chiqqan Z.Berdiyeva va tuman hokimiga murojaat qildi. Natijada, Kattaqo‘rg‘on tumani hokimi tashabbusi bilan homiylar va tegishli tashkilotlar jalb etilib, Nodiraga Toshkent shahridagi onkologiya shifoxonasida davolanishi va jarrohlik operatsiyasi o‘tkazilishi uchun moddiy va boshqa tegishli yordam ko‘rsatiladigan bo‘ldi.