Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Deputat maktabda ma’rifiy kecha tashkil qildi

22-Ag‘ron saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari Nurobod tuman Kengashi deputati Xolmurod Soriyev tomonidan hududdagi 70 va 55-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida shoirlar, yozuvchilar, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvga taniqli shoira Jumagul Suvonova, OʻzLiDeP Samarqand viloyat Kengashi xodimlari, mahalla faollari, maktab o‘quvchilarning ota-onalari taklif etildi.

Ma’rifiy tadbirda o‘quvchi yoshlar fevral oyida tavallud topgan buyuk mutafakkirlar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur ijodidan namunalar o‘qishdi.

Uchrashuvda shoira Jumagul Suvonova so‘zga chiqib mamlakatimizda keyingi yillarda kitobga, adabiyotga berilayotgan e’tibor haqida gapirdi. Shuningdek, shoira ijodidan namunalar o‘qidi.

Tadbir yakunida faol o‘quvchilarga shoira Jumagul Suvonovaning she’riy to‘plamlari, deputat, tarixchi Xolmurod Soriyevning O‘zFA arxeologiya instituti ilmiy xodimlari A.Berdimurodov, S.Suyunov bilan hammualliflikda yaratilgan “Nurobod tumani arxeologik yodgorliklari” kitobi va OʻzLiDePdan saylangan deputat Asomiddin Ziyatov tomonidan turli badiiy kitoblar taqdim etildi.

- Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisiga yo‘llagan Murojaatnomasida “Faqat ma’rifat insonni kamolga, jamiyatni taraqqiyotga yetaklaydi” deya ta’kidlagan edilar. Ma’rifatli insonni tarbiyalashda esa kitobning, kitobxonlikning o‘rni beqiyosdir. Maktablarimizda qancha – qancha iste’dodlar ulg‘aymoqda. Bu tadbirni o‘tkazishdan maqsad, adabiyotga oshno o‘quvchi yoshlarni izlab topish, ularni rag‘batlantirish va taniq shoiru-shoiralar o‘rtasida ustoz-shogird aloqalarini o‘rnatishga qaratilgan,-deydi deputat X.Soriyev

Baxtigul Qarshiyeva,

OʻzLiDeP Samarqand viloyat Kengashi matbuot kotibi.