Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Deputat saylovchilariga hisob berdi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Azamat Pardayev Narpay va Paxtachi tumanlarida saylovchilar bilan uchrashdi.

– Narpay tumanining Oltio‘g‘il, No‘g‘ay, Do‘stlik, Ahillik maxallalarida avvalo aholi xonadonlariga kirib, ularning turmush tarzi bilan tanishdim, dardlarini eshitdim, – deydi deputat. – So‘ngra mahalla faollari bilan uchrashib, o‘z faoliyatim haqida hisobot berdim, ularni tingladim. Uyma-uy yurish davomida, shuningdek, uchrashuvlarda aholi asosan elektr energiyasidagi uzilishlar, toza ichimlik suvi ta’minoti, ichki yo‘llarini ta’mirlash, maktablarda o‘quvchilar uchun munosib shart-sharoit yaratish bo‘yicha muammolarni o‘rtaga tashladi. Har bir savol, masala yuzasidan tegishli davlat va jamoat tashkilotlari, mutasaddilarga deputatlik so‘rovi va murojaatlar yuborishimni aytdim.

Paxtachi tumanida deputat ishtirokida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Mazkur tadbirda ham tuman yoshlari tomonidan oliy o‘quv yurtlarida o‘qish, kasb-hunar o‘rganish, ishga joylashish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha yigirmada ortiq murojaat bo‘ldi. Deputat har bir masala bo‘yicha belgilangan muddatda yoshlarga javob berishini ma’lum qildi.