Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Deputat suv toshqinini bartaraf etishda bosh-qosh bo‘ldi

Joriy yilning 6 aprel kuni yoqqan jala oqibatida Samarqand shahridagi Istiqlol mahallasi, Chashmai Hizr ko‘chasidagi 40 ta uyni suv bosdi. Bu tabiiy ofat aks etgan rasmlar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Jala tufayli to‘planib qolgan suvlarni tozalab, muammoni bartaraf etishda O‘zLiDeP Samarqand shahar kengashi raisi, xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Farmon Ochilov bosh-qosh bo‘ldi.

Deputat tashabbusi bilan bu yerga maxsus sanitar tozalash mashinalari keltirildi va hosil bo‘lgan hovuzlar va xandaqlar yomg‘ir suvlaridan tozalandi.

- Istiqlol mahallasi shaharda boshqa mahallalarga qaraganda, pastlikda joylashgan. Kuz, bahor oylari bu yerda bunday hodisalar tez-tez kuzatiladi. Shunday paytlarda mahalla, shahar faollari qarab turmaydi, -dedi suhbatda Farmon Ochilov.

Deputatning mazkur xayrli ishlarini matbuotda yoritmoqchi ekanligimni aytganimda, u rad etdi.

- Biz xalq uchun qilgan ishlarimiz bilan maqtansak nokamtarlik bo‘ladi, minnat qilganga o‘xshab qolamiz. Deputatni xalq faolligi, tashabbuskorligi vatanparvarligi, xalqparvarligi uchun saylaydi, unga ishonch bildiradi. Ishonchni oqlashning o‘zi esa katta mas’uliyat, - dedi F.Ochilov.

Baxtigul QARShIYeVA.