Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Deputatga ikki oyda 73 ta murojaat tushdi. Nechtasi hal etildi?

Suhrob Rafiqov xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputatligiga 6-Mehrobod saylov okrugidan saylangan. Samarqand shahridagi 24 mahalla mazkur okrug hududi hisoblanadi. 54 ming 600 nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi va  ularning o‘ziga yarasha muammo va dardlari bor.

Deputat yil boshidan buyon saylovchilari bilan to‘rt marta uchrashib, ularni eshitdi, shuningdek, qabullar uyushtirdi.

Bu tadbirlar davomida fuqarolardan 73 ta murojaat tushgan. Murojaatlarning asosiy qismi elektr energiyasi (16 ta) va tabiiy gaz (15 ta) ta’minoti bilan bog‘liq bo‘ldi. Ko‘p qavatli uylarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yaxshilash (9 ta), hududlarni obodonlashtirish (8 ta) bo‘yicha ham murojaatlar ko‘p bo‘ldi.

– Saylovchilar tomonidan ko‘tarilgan masalalarning 12 tasi tegishli mutasaddilar ishtirokida joyida bartaraf etildi – deydi S.Rafiqov. – 61 ta murojaat yuzasidan esa korxona, tashkilot va muassasalarga deputatlik so‘rovi yubordim. Buning natijasida 21 ta murojaatning ijrosi ta’minlandi. Jumladan, Dari zanjir mahallasi Vobkent ko‘chasidagi irrigatsiya tarmog‘i tartibga keltirildi, Ogahiy, Abdurahmon Jomiy, Sharq tongi mahallalarida yo‘llar atrofi obodonlashtirildi, piyodalar yo‘laklari ta’mirlandi.