Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Dinamo»da yangi futbolchilar o‘ynaydi

Samarqandning bosh jamoasiga boshqa klublardan yangi futbolchilar kelib qo‘shilishda davom etmoqda. Bosh murabbiy S.Lushan taklifiga binoan bir qator futbolchilar jamoa tarkibida sinovdan o‘tishmoqda. Jumladan, shu kecha-kunduzda “Qo‘qon-1912” klubidan Suhrob Nurulloyev hamda “Mash’al”dan tajribali futbolchi Eldor Boymatovlar vakillarimiz safiga kelib qo‘shilgan. Ular umumiy guruh bilan birgalikda mashg‘ulotlar o‘tkazishgan.

“Dinamo” jamoasining ish rejasiga muvofiq, 13 avgust kuni navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi. Raqib jamoa hozircha ma’lum emas.

Dilshod O‘TAMURODOV.