Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Do‘konchidan xaridingiz chekini talab qiling!

Tasavvur qiling, do‘kondan 100 ming so‘mlik mahsulot xarid qildingiz va sotuvchi cizga xarid cheki bermadi. Sotuvchining bu harakati 4 ming so‘m yagona soliq yashirilishi va byudjetga tushum tushmasligiga sabab bo‘ladi. Agar bunday holat bir oyda ming marta sodir etilsa 4 million so‘m, 10 ming marta bo‘lsa, 40 million so‘m, agar 100 ming marta bo‘lsa, sotuvchi 400 million so‘m mablag‘ni soliqdan yashirgan hisoblanadi.

Bu mablag‘ga birorta maktab yoki bog‘chani ta’mirlash, ijtimoiy yordamga muhtoj, nogironligi bo‘lgan shaxslarga ko‘mak berish yoki fuqarolar hayotini yaxshilashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirishga sarflash mumkin.

Shunday ekan, do‘konchidan xaridingiz chekini talab qiling!