Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Dollarning rasmiy kursi yana oshdi

O‘zbekiston Markaziy banki xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan 17 sentyabrdan boshlab yangi qiymatini belgiladi.

Dollar kursi o‘tgan haftaga nisbatan 15,67 so‘mga ko‘tarilib, 9 411,30 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi esa 60,57 so‘mga oshib, 10 421,13 so‘mni tashkil qildi.

Rossiya rubli ham 3,55 so‘mga oshib, 146,51 co‘mni tashkil qildi.

Markaziy bank xorijiy valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.