Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Dollarning “shashti” biroz pasaydi, yevroniki esa ko‘tarildi

Markaziy bank 8 oktyabrdan e’tiboran xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Dollarning rasmiy kursi 13,31 so‘mga pasayib, 9433,34 so‘mni tashkil qildi.

Yevro kursi 21,28 so‘mga oshib, 10354,03 so‘mni tashkil etdi.

Rossiya rubli 0,44 so‘mga kamayib, 145,75 so‘mni tashkil qildi.

Markaziy bank mazkur valyutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.