Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Dorixona rahbari 22 million so‘mlik savdosi cheklangan “Tropikamid”ni sotayotgan vaqtida ushlandi

Toshkent viloyati IIBB hamda Zangiota tumani IIB JQB tezkor xodimlari tomonidan xususiy dorixona boshlig‘i 22 million 500 ming so‘mlik savdosi cheklangan “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dorilarni qonunga xilof ravishda sotayotgan vaqtida xolislar ishtirokida qo‘lga olingan.

Joriy yilning 28 aprel kuni Zangiota tumanida o‘tkazilgan tadbir davomida asli samarqandlik bo‘lgan, Toshkent shahri Uchtepa tumanida yashovchi, xususiy dorixona rahbari va shu bilan birga, Zangiota tumani tibbiyot kollejining 3-bosqich qo‘uvchisi, 32 yoshli Ozod T. maxsus xaridorga har bir donasini 150 ming so‘mdan, jami 22 million 500 ming so‘m pul evaziga 150 quti “Tropikamid” kuchli ta’sir qiluvchi dori moddasini sotayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan IIBB JQB giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish tezkor xodimlari tomonidan tezkor surishtiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

Bu haqda Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati xabar berdi.