Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

DTM mutasaddisi Samarqandda sayyor qabul o‘tkazdi

2019 yil 7 noyabr kuni Samarqand davlat universiteti akademik litseyida Davlat test markazi direktori o‘rinbosari Qahramon Haqberdiyev markaz faoliyati, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish masalalari bo‘yicha sayyor qabul o‘tkazdi.

Sayyor qabulda litsey o‘quvchilari, o‘qituvchilar va ota-onalar ishtirok etdi.

Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan tadbirda oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlaridagi o‘zgarishlarga alohida e’tibor qaratildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 maydagi “Oliy ta’lim muassasalariga test sinovlari orqali qabul qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi, uning mazmun-mohiyati haqida ma’lumotlar berildi.