Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Dunyo bo‘ylab koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 9 milliondan oshdi

Taqdim etilgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 23 iyun holatiga dunyo bo‘ylab koronavirus infeksiyasi bilan kasallanganlar soni 9 079 452 nafarga yetgan. COVID-19 infeksiyasi oqibatida jami 465,7  ming nafar odam halok bo‘lgan.

Aniqlangan koronavirus holatlari bo‘yicha AQSh yetakchilik qilmoqda. U yerda 2 311 997 nafar koronavirus holati aniqlangan, ikkinchi o‘rindi 1 106 470 nafar kasallanish holati bilan Braziliya va uchinchi o‘rindi 591 465 nafar koronavirus holati bilar Rossiya davlatlari band etib turibdi.