Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Dunyodagi eng pakana ona

Hayot so‘qmonlarida, odamlar orasida alohida ajralib turadigan kishilarga ko‘p duch kelamiz. Ular o‘zlarining boshqalardan mutlaqo farq qiladigan bo‘y-basti, qobiliyati va xulq-atvori bilan kishida hayrat uyg‘otadi, deb yozadi «Mir novostey» (2020 yil, 40-son) haftanomasi.

AQShda ana shunday bir noyob oila yashaydi. Uning barcha a’zolari bo‘yi risoladagidek va oq tanli. Ammo hayratlanarli tomoni shundaki, bu oilada 20 yildan ko‘proq vaqtdan buyon faqat o‘g‘il bolalar tug‘iladi.

Joy va Kayteri Shvand dunyoga keladigan go‘daklarining jinsini hech qachon bilishmagan. Onaning tan olishicha, agar qiz bola tug‘ilsa, qanday holga tushishini tasavvur ham qilolmas ekan. 2015 yilda ularning oilasida o‘n uchinchi o‘g‘il tug‘ildi. 13-sanani ona omadli deb biladi. Uning o‘zi oilada 13 farzand bo‘lgan, kenja o‘g‘li 13 sanada tug‘ilgan, 13-bolasi. Ota-ona taqdirni sinab ko‘rib, yana farzand ko‘rishni istashadimi? Hozircha ular «ha» deyishgan emas, «yo‘q» deb ham javob berishmaydi.

Yana bir oila Steysi Xerald xonadoni odatdagi amerika oilasidan farq qilmaydi – er va uch farzanddan iborat. Ammo Steysi bolalarini o‘z hayotini xatarga qo‘yib dunyoga keltirgan. Gap shundaki, uning bo‘yi 70 antimetrdan sal oshadi va dunyoda bo‘yi eng past ona hisoblanadi.

Steysi kam uchraydigan ostagenez kasalligiga griftor bo‘lgan. Bu suyaklar mo‘rtligi va o‘pkaning rivojlanmay qolishiga olib kelgan. Erining bo‘yi Steysnikidan bir metr ziyod.

Ayolning har bir farzand ko‘rishi o‘lim bilan teng kechgan. Negaki, yangi tug‘ilgan bolalarning bo‘yi onasining yarmicha keladi. Kichik organizmda bunday homilani ko‘tarib yurishning o‘zi mo‘’jiza. Ammo bu hali eng dahshatlisi emas. Uch farzanddan ikkitasi onaning kasalligini “meros” qilib olgan. Shunga qaramasdan, ota-ona yana farzand ko‘rish baxtidan voz kechmoqchi emas.

T.ShOMURODOV tayyorladi.