Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Duty Free asoschisi milliardlab dollar mablag‘ini xayriya qildi

Duty Free asoschisi Chak Fini milliardlab dollar mablag‘ini xayriya ishlariga sarfladi. Bu haqda Forbes jurnali xabar berdi.

Finining so‘zlariga ko‘ra, u o‘zi va rafiqasi hech narsaga zoriqmay yashashlari uchun ikki million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ni olib qolgan. Barcha qolgan pullarini xayriya fondlariga ehson qilgan.

Tadbirkor 40 yillik faoliyati davomida turli xayriya fondlariga sakkiz milliard AQSh dollari mablag‘ sovg‘a qildi.

“Biz ko‘p narsani o‘rgandik. Men ortga qarab ayrim ishlarni boshqacharoq qilish mumkinligini ko‘raman, xursandman. Hayotdagi maqsadimga erisha olganimdan mamnunman”, dedi Fini.

Forbes’ning yozishicha, Fini kamtarona hayot kechirishni ma’qul ko‘radi. U San-Fransiskoda talabalar turar joyini eslatadigan kichkina kvartirada yashaydi.