Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Elmira Bositxonova Nurobod tumanidagi xotin-qizlar holidan xabar oldi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari Elmira Bositxonova Nurobod tumanidagi mahallalarga tashrif buyurib, tuman xotin-qizlarining kayfiyati, dardu tashvishi, turmush sharoiti va kelgusidagi rejalari bilan tanishdi.

Uchrashuvlar davomida hozirgi karantin davrida kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan xotin-qizlarni doimiy ish bilan ta’minlash choralarini ko‘rish, xonadon tomorqalarida zaruriy oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va kambag‘allikdan chiqish yo‘llari to‘g‘risida so‘z yuritdi.

Mahallalardagi kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan fuqarolarni kambag‘allik botqog‘idan chiqarish bo‘yicha aniq vazifalar belgalanib, tuman mutasaddilariga topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.