Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

«Elparvar» - Samarqand kinoteatrlarida

Yaqinda "Ӯzbekkino" Milliy agentligi buyurtmasi asosida «Elparvar» tarixiy badiiy filmi suratga olindi.

20 martdan ushbu o‘zbek kino sanoati mahsuloti Samarqand shahridagi "Sharq yulduzi" kinoteatrida namoyishi boshlandi.

Rejissyor Abduvohid G‘aniyev hamda prodyuser Zafar Yo‘ldoshev tomonidan suratga olingan mazkur badiiy film voqealari Buxoro va Xiva shaharlari hamda Toshkent viloyatida bo‘lib o‘tgan. Bosh rollarni yosh aktyor Abdug‘ofur Isaxanov hamda aktrisa Feruza Yusupovalar ijro etishgan.

Bundan tashqari O‘zbekiston xalq artisti Muhammad Rafiqov, Shafoat Rahmatullayeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Fotih Jalolov, Tohir Saidov, Seydulla Moldaxanov, Lola Eltoyeva, Farhod Abdullayev, aktyorlar Alisher Uzoqov, Jamshid Sagatov, Turg‘un Beknazarov, Anjelika Esimbetova, Azim Yo‘ldoshev singari aktyor va aktrisalar filmda turli rollarni ijro etishgan.